Umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi sinf oʼquvchilarini oliy taʼlimga tayyorlash maqsadida oliy taʼlim muassasalariga bir qator umumtaʼlim maktablari biriktirilgan.
Xususan, Аndijon Davlat tibbiyot institutining professor-oʼqituvchilari Qoʼrgʼontepa tumanidagi 8-umumtaʼlim maktabida, Izboskan tumanidagi 47-umumtaʼlim maktabida “Tayyorlov kursi darslari” olib bordilar. Darslar davomida institutimizning professor-oʼqituvchilaridan dotsent I. Homidov, А. Sattarov, G. Hayitboyeva, N. Qurbonova, А. Oʼrmonov, N. Nurmatova, Yu. Gʼofurova va D. Kapizova bitiruvchi sinf oʼquvchilarining biologiya, tarix, oʼzbek tili va adabiyoti, kimyo fanlariga oid savollariga javob berdilar.
Shuningdek, Izboskan tumanidagi 50-umumtaʼlim maktabida Biologik kimyo kafedrasi oʼqituvchisi N. Mamazulunov tomonidan «Nuklein kislotalar tuzilishi va vazifalari» mavzusida mahorat darsi ham oʼtildi. Unda 56 nafar oʼquvchi va oʼqituvchilar ishtirok etdi. Darslardan soʼng oʼquvchilarga tarix fani testlarining tuzilishi, ularni yechish usullari, bilimni mustahkalash yo’llari haqida amaliy mashgʼulot oʼtkazildi.