Magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilish uchun davlat imtixonlari boshlandi. Imtihon ikki bosqichda o‘tkazilib, hozirda birinchi bosqich yakunlandi. Test sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi rahbari, qabul komissiyasi a’zolari, shuningdek, Davlat test markazi xodimlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, mahalliy deputatlar faollari ham ishtirok etmoqda.
Talabgorlarni karantin qoidalariga amal qilgan holda, nazoratchilar tekshiruvi bilan test jarayonlariga kiritildi. Imtixonlarni adolatli va shaffof o‘tkazilishi ta’minlash maqsadida auditoriyaga nazorat kameralari o‘rnatildi.
Magistratura yo‘nalishining 10 ta mutaxassisligi uchun jami 358 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, bugun birinchi bosqichda 175 ta talabgor imtihonda qatnashishi rejalashtirilgan. Hozirda esa test jarayonida 155 ta talabgor ishtirok etdi.
Imtixon jarayonlari borasida yana batafsil ma’lumotlar berib boramiz.