Andijon davlat tibbiyot instituti fakultet terapiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Mamazoir Xoʻjamberdiyevga 1967-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini bitirib, mehnat faoliyatini shu institutining farmakologiya kafedrasi katta laborantligidan boshlab, assistent, dotsent, kafedra mudiri, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, institut rektori lavozimlarida ishlagan.
1997-2010-yillari Andijon davlat tibbiyot institutining rektori lavozimida ishlagan vaqtlarida, institutning yangi oʻquv binosini qurilishini yakunlangan va moddiy texnik bazasini rivojlantirishga, oʻquv jarayonini sifatini yaxshilashga hamda yangi zamonaviy texnologiyalarini kiritishiga aloxida axamiyat berilgan. Rektorlik faoliyatida, oʻquv-metodik va pedagogik jarayonlarni moddiy-texnik bazasi yangitdan yuksaltirildi va xalqaro andozalar darajasiga koʻtarildi. Professor M.Xoʻjamberdiyev bevosita ishtiroki va raxbarligi bilan institutning yangi oʻquv binosi qurilishi yakunlangan, zamonaviy jixozlangan va oʻquv jarayoniga yangi texnologiyalar kiritilgan. Ilk bor institutning klinik bazalarida uzluksiz masofadan oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan. “Telemeditsina” va Rossiya Federatsiyasining yetakchi institutlari, olimlari va yirik mutaxassislari, xamda Germaniyaning olimlari bilan toʻgʻri muloqotga chiqish, ularning maʼruzalarini va klinik tashrixiy muxokamalarini institutning talabalari va professor-oʻqituvchilariga yetkazib turish uchun Xalqaro “telemost” aloqasi ishga tushirilgan va muntazam yoʻlga qoʻyilgan. Rossiya Federatsiyasining A.N. Bakulev nomidagi Yurak va qon-tomir jarroxlik markazi olimlari bilan hamkorligida kam taʼminlangan ogʻir bemorlarga konsultatsiya olish va jarroxlik yoʻli bilan davolanishiga koʻmaklashishgan.
Shu yillari institut ilmiy saloxiyati, oʻquv-pedagogik jarayoni yanada takomillashtirishni va xalqaro darajaga koʻtarishni maqsadli koʻzlagan xolda institutning ilmiy saloxiyat keskin koʻtarilgan, malakali kadrlar tayyorlashga katta axamiyat berilgan va bunga erishilgan. Institut mamlakat miqyosida yuqori natijalarga erishgan: 32 ta fan doktori va 179 fan nomzodi yetishib chiqgan, hamda institutning ilmiy laboratoriyasi tubdan rivojlantirilgan. Institutda ilk bora “Ichki kasalliklar” boʻyicha ixtisoslik kengashi ochilgan va Kengash professor M.Xoʻjamberdiyev raisligida samarali faoliyat koʻrsatgan, kengash nafaqat institut, balki mamlakat koʻlamida malakali ilmiy-pedagoglar tayyorlab berishda katta xissasini qoʻshgan.
M.Xoʻjamberdiyev raxbarligi ostida institutga 30 gektar yer olinib, unda yordamchi xoʻjalik tashkil qilingan va olingan maxsulotlar institutnining talabalari va xodimlarini ijtimoiy muxofaza qilish uchun yunaltirilgan.
M.Xoʻjamberdiyev “Oʻzbekiston tibbiyot jurnali”, “Limfologiya”, “Markaziy Osiyo tibbiyot jurnali” jurnallarining mualliflar kengashi aʼzosi hisoblanadi.
M.Xoʻjamberdiyev shu kunga qadar 3 ta monografiya, 5 ta darslik, jurnallarda 143 ilmiy maqola, 200 tadan ortiq tezislar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, 3 ta patent, 65 ta amaliyotga tadbiq muallifi boʻldi. Ilmiy rahbarligi ostida 4 nafar fan doktori, 14 nafar fan nomzodi tayyorlandi, 4 nafar shogirdi esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida turibdi.
1995-yili Xalq deputatlari Andijon shaxar Kengashi deputati, 2005, 2010-2015-yillarda Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputatligiga saylangan va xozirgi kunda Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining “Reglament va deputatlik odobi” doyimiy komisiyasining raisi vazifasini bajarmoqda.
2004-2010-yillari “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Andijon viloyat kengashining raisi lavozimida ishlagan.
2005-2011-yillarda Obbutsmenning Andijon viloyatidagi vakili vazifasini bajarib kelgan.
2005-yildan 2009-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, 2010-2014-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan.
M.Xoʻjamberdiyevning Senatdagi faoliyati mamlakatimizda qonunchilik bazasini takomillashtirishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyatini targʻib etish va aholiga tushuntirishga alohida eʼtibor bilan qaraydi.
M.Xoʻjamberdiyev rahbarligida amaldagi qonunlar ijrosi oʻrganib borildi, fan, taʼlim, madaniyat va sport sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqildi, shuningdek hokimiyatning vakillik organlari ishida umumdavlat manfaatlari bilan mintaqaviy manfaatlarni uygʻunlashtirish, ayniqsa yoshlar tarbiyasi masalalariga bagʻishlab konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazildi. U ommaviy axborot vositalarida muntazam chiqishlar qilib bordi.
2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyati Halq qabulxonasining mudiri. M.Xoʻjamberdiyev mahalliy boshqaruv idoralari maʼsullari bilan uyma-uy yurib muammolarni aniqlash, shikoyat arizalarini muqobil ravishda xal qilinishida ishlarini olib bormoqda. Viloyat miqqiyosida oʻtkazilayotgan barcha ijtimoiy, siyosiy tadbirlarda ishtirok etib keladi.
“Mehnat faxriysi” medali (1989-yil), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat qoʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi unvoni (2004-yil), “Mustaqillikning 15 yilligi” (2006), “Mustaqillikning 20 yilligi” (2011) koʻkrak nishoni, “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” (2015) eʼtirofiga sazofor boʻlgan ustoz kuni kecha Prezidentimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
M.Xoʻjamberdiyevning ibratli hayot yoʻli, ijodi va rahbarlik faoliyati barchamizga oʻrnak boʻlib kelmoqda.
Ustoz, yuksak eʼtirof va mukofot muborak!