Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MEHRIMIZ SIZGA, KEKSALAR

18:39 06.04.2022

Ramazon mehr-oqibat va sahovat oyi.  Ayniqsa, bu oyda keksalar va  ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalardan xabar olish yanada savobli.

Andijon davlat tibbiyot instituti psixologi Oʻ.Arziqulov, Davolash fakulteti tyutori D.Asqarova hamda fakultet talabalari tomonidan Andijon shahridagi Bobosadin  mahallasida “Sahovat – benazir qadriyat” loyihasi tashkil etildi. Bunday xayrli ishdan  MFY faollari va Obihayot koʻchasidagi koʻpchilik quvondi. Xonadonlarda mehr-oqibat va insoniylik mavzusida suhbat o’tkazildi.

Boʻlajak shifokorlar keksalarning salomatligini oʻrgandilar. Eʼtibor va  Ramazon tuhfasi sifatida berilgan sovgʻalardan, ayniqsa onaxonlar cheksiz minnatdor boʻlishdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!