“MUHABBATIM BULOG‘I AYOL!” BAYRAM TADBIRI KO‘TARINKI RUHDA O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MUHABBATIM BULOG‘I AYOL!” BAYRAM TADBIRI KO‘TARINKI RUHDA O‘TDI

12:28 06.03.2021

Ayol. Bu so‘zning o‘ziyoq kishi diliga mehr-muhabbat joylaydi. Ko‘ngillar quvonadi. Uning tarovati butun borliqni yashnatadi. Andijon davlat tibbiyot instituti chin ma’noda beg‘ubor qalblar makoni, boisi bu dargohning har bir xodimi insonlar sog‘lig‘iga daxldor. Ayniqsa, mehribon ayollarning shirin so‘zi chinakam davodir.

Bayram tantanasi bois institut hovlisi ham bahorga xos bezandi. Institutimiz rektori M. Madazimovning tabrik so‘zi bilan boshlangan shodiyona barchani xushnud qildi. So‘z boshida institutimiz rahbari ayollar va talaba qizlar uchun o‘z tilaklarini bildirdi.

Ilmiy kengashlar zalida o‘tgan asosiy tadbirdan hech kim chetda qolmadi. Tadbir avvalida o‘zining mehnatlari, izlanishlari bilan ilm-fan va tibbiyot sohasiga xissa qo‘shayotgan bir qator professor-o‘qituvchi ayollar hamda talaba qizlar institut sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, barkamol avlodni voyaga yetkazayotgan talabalarning onalari ham tashakkurnoma bilan mukofotlandilar.

Tadbirda Oliy ta’lim vazirligi huzuridagi ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori M. Botirov ham ishtirok etib, ayol xodima va qizlarimizga samimiy tilaklarini izhor etdi. O‘zining qalamiga mansub she’rlari bilan go‘zal qalb sohibalarini muborakbod etdi. Ayniqsa, faol iqtidorli yigitlarning viktorina o‘yinlari, hazil mutoyibalari tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. She’riy tilaklar qo‘shiqlarga, qo‘shiqlar raqslarga ulanib ketdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!