alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«QUYOSHGA QARAB OQQAN SUV» IJODIY KECHA

11:34 22.04.2021

Ilmiy kengashlar zalida Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Stomatologiya fakulteti va Stomatologik kasalliklar profilaktikasi kafedrasi tomonidan  O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf  tavalludining 67 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi. Unda institut rektori M. Madazimov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M. Botirov hamda Muhammad Yusuf ijod maktabining direktori Sh. Nurmatova ishtirok etdilar.

Tadbirni ochib bergan institut rektori bugungi kunda yoshlarning iqtidori va salohiyatini yanada oshirish, yoshlarning o‘zlari istagan sohada bilim olishlari uchun ijod, kasb-hunar maktablari tashkil etilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor kishi qaysi kasbda faoliyat olib bormasin ijodga va san’atga ishtiyoqmand ekanligini aytib, shoir Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’r bilan she’riyat kechasini boshlab berdi. Ijod maktabi direktori esa o‘quvchilarning iste’dodi, bilimi, o‘qish jarayonlaridagi muvafaqqiyatlari to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida institutimiz talabalari Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asariga murojaat qilib, milliy qadriyat va an’analarimizga xos, milliy liboslarda ishtirok etdilar.  Maktab o‘quvchilari esa Muhammad Yusuf she’rlaridagi Kumush, Zaynab, Otabek obrazlarini talqin qilishdi, ularning tilidan aytilgan she’rlar barchani moziyga yana bir bor chorlagandek bo‘ldi.  A. Abdurahmonov, M. Po‘latova, Sh. Rustamjonov, G. Davronbekova kabi Muhammad Yusuf ijod  maktabi o‘quvchilarining  she’riy chaqiriqlariga  Stomatologiya fakultetining O. Tojiboyeva, U. Hakimov, M. Umarxo‘jayeva kabi talabalari shoir she’rlaridan  o‘qib javob qildilar. “Qizg‘aldoq”, “Gulim”, “Nega yig‘lamaysan, ahli Andijon” kabi she’rlar yoshlar tomonidan maroq bilan o‘qildi. Shoir Mirzohid Botirov ham o‘z qalamiga mansub she’rlari bilan barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.

Tadbir so‘nggida ijod maktabining o‘quvchilariga M. Botirovning “Derazangni och” nomli yangi kitobi, institut rektori tomonidan eng so‘nggi nashr etilgan  badiiy asarlar   taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!