O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi videoselektor yig‘ilishining 88-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadidagi “Sog‘liqni saqlash birlamchi tizimini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakillantirish bo‘yicha viloyat ishchi guruxi” ning 1-yig‘ilish bayoni qarori ijrosi bo‘yicha 24-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Paxtaobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rikda 12 turdagi mutaxassislar (onkolog, akusher-ginekolog, pediatr, neyroxirurg, nevropatolog, otorinoloringolog, kardiolog, terapevt, dermatovenerolog, travmatolog, urolog, endokrinolog) ishtirok etishib, ular tomonidan tumanning 256 nafar mutaxassislar ko‘ruviga extiyoji bo‘lgan bemorlari ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslaxatlar berildi. Shuningdek 2 nafar joyida ko‘rish lozim bo‘lgan bemorga uyida ko‘ruv o‘tkazilib kerakli maslaxat berildi.
ADTI professor-o‘qituvchilari ko‘rigi va maslaxatlari o‘tkazilishi Andijon viloyatining barcha shaxar va tumanlarida davom ettiriladi.
Davolash (amaliyot) bo‘limi