Siz qanday kiyinishni hush ko‘rasiz? Zamonaviymi yoki milliy liboslarnimi? Har ikkisi ham uyg‘unlashishiga nima deysiz?! O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti va “Xadichayi Kubro” ayollar, qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti xodimlari ishtirokida joriy yilning 3-6 fevral kunlari viloyatimiz bo‘ylab “Nafosat” festivali o‘tkazilmoqda.
Shaxrixon tumanidagi “Zarra-Zarina” MTT binosida “Yoshlar modasi, an’analar va zamonaviy yo‘nalishlar” mavzusida so‘rovnoma hamda “Ayollar va yoshlar orasida kiyinish madaniyati” mavzusida milliy va zamonaviy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi rahbarligida institutimizning 10 nafar talaba qizlari ishtirok etishdi.