Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIGʻILISHI PREZIDENTIMIZNING OCHIQ MULOQOTIGA BAGʻISHLANDI

21:43 19.03.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” mavzusidagi mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimi vakillari bilan ochiq muloqotiga bagʻishlangan navbatdagi ilmiy kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda instiut rektori M.Madazimov, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar, boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.

Dastavval institut rektori davlatimiz rahbari oʻz nutqida sohani tubdan rivojlantirish, jahon andozalariga mos tibbiyot tizimini shakllantirish, aholiga tibbiy xizmat sifatini oshirish boʻyicha bergan bir qator vazifalar va topshiriqlari, 7 ta muhim yoʻnalish, ayniqsa, sogʻliqni saqlash tizimida malakali kadrlarni tayyorlash, tibbiy taʼlimni yanada takomillashtirish, soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi fikr-mulohazalari va takliflari toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi. Quvonarlisi, Prezidentimiz oʻz nutqida Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislarini alohida eʼtirof etdi. Mana shunday eʼtibordan kelib chiqqan holda, kengash aʼzolari tomonidan taʼlim sifatini yanada oshirish, talabalarni ish bilan taʼminlashda amaliy koʻmaklashish, aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻriklarni oʻtkazishda yangicha yondashuvlarni amalga oshirish, ilmiy ishlarni koʻpaytirish kabi  takliflar oʻrtaga tashlandi va qoʻllab-quvvatlandi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!