Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“OʻZBEK TILIM – SEN JAHONDA GʻURURIM!”

12:02 21.10.2022

Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Biz esa ona tilimiz oʻzbek tilidan chinakam iftixorni tuyamiz. Shu sabab har yili 21-oktabrni Oʻzbek tili bayrami sifatida keng nishonlab kelmoqdamiz.

Andijon davlat tibbiyot institutida mazkur ayyom oʻzgacha shukuh bilan oʻtkazilmoqda. “Oʻzbek tilim – sen jahonda gʻururim!” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy, musiqali tadbirda ham talabalarimiz munosib ishtirok etdilar.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov ochib berdi va institut rektorining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan ona tilimizni madh etguvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar yangradi. Mumtoz adabiyotimiz namoyondalarining gʻazallari yod aytildi. Ayniqsa, soʻz oʻyini va topqirlar baxsi talabalarimizning oʻzbek tili borasidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.

Bayram tadbirlari barcha kafedralarda davom etmoqda.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!