alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“OBOD” MFYDA MUSTAQILLIK SHODIYONALARI DAVOM ETMOQDA

20:56 25.08.2021

“OBOD” MFYDA MUSTAQILLIK SHODIYONALARI DAVOM ETMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan joylardagi bayram tadbirlari koʻtarinkilik bilan oʻtkazilmoqda. Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Andijon shahridagi “Obod” MFYda ham yana bir madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda institut xodimlari va talabalari munosib ishtirok etdilar. Tadbirda istiqlolni madh etuvchi kuylar, qoʻshiqlar yangradi. Bugungi kunda elimiz farovonligi, xalq roziligi yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, albatta, mustaqillik sharofati ekanligi yana bir bor taʼkidlab oʻtildi.

Ayniqsa, Izboskan tumani madaniyat xodimlari hamda dorbozlarning betakror chiqishlari, milliy oʻyinlar namoyishi barcha tomoshabinlarda vatanparvarlik hissini uygʻotdi.

Bu kabi koʻngilochar tadbirlar davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!