Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OITS KASALLIGINI OLDINI OLISH BO‘YICHA O‘QUV-SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

15:29 05.04.2022

Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi. Bu haqda bo‘lg‘usi shifokorlarimiz yaxshi bilishadi. Biroq aynan soha mutaxassislarining fikrlari esa foydadan holi emas albatta. BMTning OITSga qarshi kurashish tashkiloti tomonidan Andijon davlat tibbiyot institutida o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda tashkilot rahbari M.Kamolova, tashkilot mutaxassislari va targ‘ibot guruhi ishtirok etdi.

Tadbir avvalida ular tomonidan OITS kasalligi, yuqish yo‘llari, belgilari va kasallikning kechish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Davolash hamda Stomatologiya fakultetining dekan o‘rinbosarlari ham so‘z olib, bu mavzuda talabalarga birgina darslarda emas, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham suhbatlar o‘tkazilishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.

So‘ngra tashkilotning targ‘ibot guruhi tomonidan kasallangan bemorlarning huquqlari borasida ma’lumotlar berib o‘tildi. Mavzuga oid berilgan savollarga talabalar javob berdilar va tashkilotning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!