Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha DTM tomonidan o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar
quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Ariza (ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va ta’lim shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza, (ariza shakli institut qabul komissiyasi tomonidan taqdim etiladi));
- Fuqarolik pasporti (16 yoshga to’lmaganlar uchun tug’ilgan haqida guvohnomasi yoki 9-shakldagi hujjat) asli va nusxasi;
- Umumiy o’rta ta’lim maktabini (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat (attestat) yoki o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasini tugatganligi haqidagi hujjatlari va ularning ilovasini asl nusxalari;
- 3,5×4,5 cm o’lchamdagi 8 dona fotosurat;
- Qonuniy hujjatlarga muvofiq imtiyozga ega bo’lgan abituriyentlar o’qishga kirishda imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni (nogironligi bor shaxs, harbiy qism qo’mondonligi tavsiyanomasi, chet tili sertifikati va boshqalar) asl nusxasi;
- Davlat test markazi tomonidan tashkil etilgan abituriyent ruxsatnomasi va abituriyentning javoblar varaqasi;
- Sog’ligi to’g’risidagi ma’lumotnoma – 086 forma;
- Teztikar (skoroshivatel-delo) va 2 dona konvert (B3 formatdagi).
Izoh:
- Abiturent tomonidan pasport (16 yoshga to’lmaganlar tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki 9-shakldagi hujjat) qabul komissiyasiga shaxsan ko’rsatiladi;
- Abiturent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abiturent kirish imtihonlaridan (oliy ta’lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi;
- Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.
ADTI qabul komissiyasi