Oʻz oʻrnida savol tugʻiladi: barcha talabalar dars jarayonlarida ishtirok etishyaptimi? Bu borada Andijon davlat tibbiyot institutida barcha nazorat choralari doimiy ko’rilmoqda. Shu oʻrinda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan bir qator tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Biofizika, Informatika va tibbiy texnologiyalar, Yuqumli kasalliklar va Pediatriya kafedralarining professor-oʻqituvchilari bilan xuddi shu mavzuda tadbir tashkil etildi. Onlayn darslarda oʻqituvchi va talabalarning darslardagi faolligi, taʼlim sifati, talabalarga dars jarayonlarini oʻzlashtirishlari uchun qulayliklar yaratish, korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik borasida tushuntirib oʻtildi.