Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ONLAYN TA’LIM – TA’LIM RIVOJI UCHUN MUHIM

11:49 03.02.2022

Tibbiyot sohasida nazariy ko‘nikmalarni amaliyotga tadbiq eta olish juda muhim. Ta’lim olish jarayonida bemor bilan muloqot qilish, unga tashxis qo‘ya bilish, davolash choralarini ko‘rish, xattoki jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etish talabaning yetuk mutaxassis bo‘lishini ta’minlaydi. Bu borada Andijon davlat tibbiyot institutida barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ilk amaliyotni simulyatsiya markazlarida olib borgan talabalar yuqori kurslarda institut klinikasida davom ettiradilar. Umuman olganda, talaba doimo izlanishda va amaliyotda bo‘lishi lozim.
Biroq koronavirusning yangi shtampi an’anaviy taxsil olayotgan yoshlarimizni “ko‘ra olmadi” Qishki ta’tildan so‘ng bir oy muddatga darslar yana masofaviy tarzga o‘tkazildi. Tan olish kerakki, onlayn ta’lim talabalar ning bilim olish darajasini biroz kamaytiradi, lekin ishtiyoq bilan harakatga chog‘langan o‘qil-qizlar uchun a’naviy yoki onlayn bilim olishning farqi yo‘q.
Institutda 2020 yil 1 apreldan Moodle o‘quv jarayonini boshqarish http://e-univer21.adti.uz/ platformasi joriy etildi. Masofaviy ta’lim platformasiga 2,4 Terabayt hajmdagi quyidagi o‘quv resurlari joylashtirildi. Unga ko‘ra, 24 mingta o‘quv-uslubiy hujjatlar, 17,5 ming nomdagi o‘quv adabiyotlari, 3964 dona videoma’ruzalar, 802 ta audio ma’ruzalar, 16 mingta taqdimot, 120 ming dona test savollar banki, 11 ta ZOOM kabinet (bir vaqtda 3300 nafar talabaga o‘quv mashg‘ulot olib borish imkoniyati ega) sharoitlari yaratilgan.
http://e-univer21.adti.uz/ platformasidan 10160 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan, bundan 737 nafari professor – o‘qituvchilar, 8404 nafar talabalardir. https://e-univer21.adti.uz/ elektron ta’lim platformasida https://e-univer21.adti.uz/course/index.php?categoryid=1, https://t.me/i_edu_channel telegramm kanalida tizimdan foydalanish va baholash tizimlari bo‘yicha video qo‘llanmalar joylashtirilgan. Tizimdan foydalanuvchilarni texnik qo‘llab-quvatlash maqsadida https://t.me/adtimodul kanali tashkil etilgan. Bunda darslarda ishtirok etish uchun texnik nosozliklarga duch kelayotgan talabalarga doimiy ko‘mak ko‘rsatiladi va talabaning dars jarayonida ishtirok etishi ta’minlanadi.
Institut rasmiy veb sahifasining https://adti.uz/dars-jadvallari/ manziliga dars jadvallari, ma’ruza mashg‘ulotlari uchun ZOOM havolalari ko‘yilgan. Talabalar ishtirokini doimiy monitoring qilish maqsadida elektron dekanat tizimi yo‘lga ko‘yilgan. https://e-dekanat.adti.uz/admin . Ayniqsa, internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati yo‘q talabalar uchun CD kompakt disk va flesh kartalariga o‘quv resurslar ko‘chirib berilgan.
Talabalar o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishni doimiy monitoring qilish http://e-univer21.adti.uz/ platformasining baholash tizimi orqali amalga oshiriladi. http://e-univer21.adti.uz/ orqali masofaviy ta’lim platformasi uzliksiz ishlashini ta’minlash va talabalar elektron resurslar va elektron kutubxonadan uzliksiz foydalanishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, pandimiya sharoitida talabalarga qulayliklar yaratish, ularga batafsil ma’lumot berish hamda texnik qo‘llab-quvatlash maqsadida . https://t.me/i_edu_channel telegram guruxi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur telegram guruhiga talabalar istagan vaqtda savol va takliflar bilan murojaat etishlari mumkin. Bu borada yana fakultet dekan, dekan o‘rinbosarlari telegram bot kanallari ham tashkil etilgan.
Dars jarayonlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishi, unda professor-o‘qituvchilardan tortib talabalarning faol ishtirok etishini nazorat qilish hamda talabalarning savollari va murojaatlariga to‘liq javob berish maqsadida Call- markazlar ham tashkil etilgan. Shuningdek, rektor va talabalarning onlayn muloqotlari ham doimiy o‘tkazilib kelinmoqda. Talabalarning ota-onalari bilan ham fakultet dekanlari, uning o‘rinbosarlari hamda tyutorlar hamkorliklari mustahkam o‘rnatilgan.
Quvonarli tomoni, kecha respublikamizning maxsus komissiyasi tomonidan so‘nggi kunlarda yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati kamayayotganligi yuzasidan qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2022-yil 7-fevraldan boshlab oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarda o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkazildi. Talabalarimiz yana odatdagidek o‘qishga, amaliyotlarda ishtirok etishga kirishadilar. Biz rahbar mutaxassislardan esa muassasada karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishini nazoratga olishda yanada mas’uliyatliroq bo‘lishimizni talab etadi.

Madamin Madazimov,

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori

Skip to content Click to listen highlighted text!