alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ORDINATURA MUTAXASSISLIKLARI UCHUN TALABGORLARNI O‘QISHGA QABUL QILISH DAVOM ETMOQDA

11:42 12.08.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi “Tibbiy sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2021-yil 22-iyundagi “2021/2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha viloyatimizda tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj va talabni e’tiborga olib ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari uchun 2021/2022-o‘quv yilida Andijon davlat tibbiyot institutiga 474 ta o‘rin ajratildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Farg‘ona vodiysiga tor sohadagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni yetishtirishda asosiy oliy ta’lim muassasasi hisoblangani bois vodiyning shahar va tumanlari talabgorlariga yuqoridagi qarorga asosan tumanlar kesimida maqsadli kvotalar ajratildi.

Ordinatura mutaxassisliklariga davlat grantlarining soni ortishi barobarida hudud uchun zarur bo‘lgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash maqsadida viloyat hokimliklari tomonidan mahalliy byudjetdan ajratilgan hokimlik grantlari joriy etildi.

 

Hurmatli yoshlar! Siz ta’limni ordinatura (rezidentura) yo‘nalishida davom ettirishni istaysizmi? Unda siz uchun imkoniyat eshiklari ochiq. Qabul 2021-yilning 20-avgustiga qadar davom etadi.

Talab etiladigan xujjatlar ham ko‘p emas:

  • institut rektori nomiga ariza;
  • shaxsingizni tasdiqlovchi xujjat (pasport);
  • bakalavriat diplomi.

 

Talabgorlar ko.adti.uz hamda adti.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Murojaat uchun tel:  +998950420273 (telegram raqam)

Call centr: 742239450

742239451

742371141

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!