Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 22-25-dekabr kunlari “Talabalar festivali” o‘tkazilmoqda. O‘zDSMI teatr zalida “Talabalar teatr studiyalari”ning final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” jamoasi ham ishtirok etib, “G‘aflat” spektaklini namoyish etdi.
Shuningdek, bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat maydoni” tanlovida institutimiz jamoasi ham ishtirok etadi.
Keling, aziz talaba-yoshlar! Iqtidorli va institutimiz sha’nini himoya qilishga bel bog‘lagan jamoamizni qo‘llab-quvvatlaylik! Biz Sizga omad tilaymiz, institutimiz jamoasi!