2022-yil 2-iyul kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida magistrlar, klinik ordinatorlar, aspirantlar, jarrohlik kafedralari assistentlari hamda O‘zbekiston plastik jarrohlar jamiyatining a’zolari uchun O‘zbekiston plastik jarrohlar jamiyatining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Unda “Estetik blefaroplastika, mammoplastika, abdominoplastika”, “O‘zbekistonda bolalar plastik xirurgiyasining rivojlanish istiqbollari”, “Bosh va bo’yinning keng nuqsonlari: an’anaviy plastik jarrohlikdan mikroxirurgiyagacha», «Jag’larning rekonstruktiv operatsiyalari”, «Yuzni ko’tarish tarixiy ekskursiya”, “Skoliozli burun rinoplastikasining hususiyatlari” mavzularida ma’ruzalar olib boriladi.