Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn formatda yig‘ilishda institutimiz jamoasi ham ishtirok etdi

09:59 28.06.2022

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazi binosida respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektor, prorektor, dekan va dekan o‘rinbosarlari, shuningdek, kafedra mudirlari, yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshliqlari uchun “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn formatda yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov rahbarligida prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining spikeri o‘rinbosari U. Inoyatov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari R.Hakimov bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar borasida tushuntirish berdi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyamizning 60 dan ortiq moddalariga 200dan ortiq tuzatishlarni nazarda tutmokda. Konstitutsiyaga o‘zgartishlar «inson-jamiyat-davlat» prinsipiga asoslangan bo‘lib, milliy konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettiradi va amaldagi Konstitutsiyamizning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi.

So‘nggi muhokamalar natijalariga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi referendumiga qo‘yiladi.

Edu.uz rasmiy kanali ma’lumotlaridan foydalanildi

 

Skip to content Click to listen highlighted text!