Xorijiy talabalarning o‘qish va yashash sharoitlari bilan tanishish maqsadida Pokiston elchixonasining kosuli Hurram Ali Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Uni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov hamda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Q.Yusupov kutib oldi va institutimiz imkoniyatlari bilan tanishtirdi.
Dastavval ishchi guruh o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda talabalarga sifatli va samarali bilim berish, jahon standartlariga mos ravishda yoshlarga shart-sharoitlar yaratish, Talabalar turar joyidagi imkoniyatlar haqida so‘z bordi.
Suhbatdan so‘ng Talabalar turar joyi o‘rganildi. Yotoqxona, oshxona, sport zallari va boshqa sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, talabalar bilan bilan ham suhbat o‘tkazildi. Ular talabalarga yashash va o‘qishdagi tartib-qoidalari, ta’lim sifati to‘g‘risida maslahatlar berdilar.