Toshkent shahrida “Qizilcha va qizamiq kasalliklariga qarshi emlash kompaniyasi” bo’yicha jurnalist va axborot xizmati xodimlari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu seminar Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati hamda YuNISEF tashabbusi bilan tashkil etilgan. Unda qizamiq va qizilchaga qarshi emlash ishlarini ahamiyati toʻgʻrisida aholini xabardor qilish, ommaviy axborot vositalari, gazeta va internet, telegram sahifalari orqali berilayotgan xabarlarni xolis va haqqoniy yoritish masalalariga alohida ahamiyat qaratilgan.
Unda Andijon davlat tibbiyot instituti matbuot kotibi Oydina Husainova ham ishtirok etmoqda.
Seminarning ilk uchrashuvida YuNISEF jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Sitsi Singizi, Respublika sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov, Xizmat vaksinatsiya va immunoprofilaktika boshqarmasi rahbari Dilorom Tursunova va boshqalar mavzu doirasida axborot berdilar.
Shuningdek, vaksinatsiya masalalarini yoritishda ishtirokchilar tajribasi, qizamiq va uning bolalar salomatligiga taʼsiri, qizamiq va qizilchaga qarshi emalash kampaniyasining ahamiyati tahlil qilindi.