alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

17:27 30.03.2023

Bugun, 30-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy kengashlar zalida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda viloyat Adliya boshqarmasi masʼul xodimlari K.Omonov, A.Raxmonov, Andijon davlat universiteti O‘zbekistonda demakratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.Badalov, katta o‘qituvchi D.Komilov, Andijon davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, Falsafa fanlari doktori, dotsent O.O‘roqova ishtirok etdilar.

Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda yoshlar, ta’lim, tibbiyot sohalariga alohida e’tibor berilganligi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, so‘z olganlar 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendum, uni saylov jarayonlaridan farqi nima ekanligi, Konstitutsiyani yangilashdan maqsad, amaldagi Konstitutsiyaning 128 moddasi 155 taga ko‘paytirilayotganligi va ular inson tamoyili asosida amalga oshirilayotgani haqida tushuntirib o‘tdilar.

Referendum jarayonlariga befarq bo‘lmay barcha birdek faol ishtirok etishi, har bir fuqaroning avvalo o‘zi hamda vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida muhim ekanligi aytib o‘tildi. Tadbir ishtirokchilari yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi va referendum haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!