Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD 04/30. 12.2019.Tib. 95.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 14.00.43 – “Profilaktik tibbiyot” tibbiyot fanlari bo‘yicha ilmiy seminar o‘z ishni olib bordi.
Ilmiy seminar avvalida professor N.S.Mamasoliyev seminar a’zolari va Ilmiy seminarning olib borayotgan faoliyati xususida to‘htalib o‘tdi va seminar a’zolari o‘z faoliyatlari yuzasidan hisobot berib borishlari yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.
Shundan so‘ng Ilmiy seminar professor X.X.Tursunov raisligida ilmiy tadqiqotchilar B.U.Usmonovning “Giyohvandlik fonidagi temir tanqisligi kamqonligining epidemiologiyasi, hatar omillari, klinik namoyon bo‘lishi va profilaktikasining o‘ziga xos jihatlari” mavzusidagi, B.M.Nazarovning “O‘zgaruvchan va kuchli kontinental iqlimiy sharoitda glaukomaning tarqalishi, shaklanishi, klinik kechishi va profilaktikasi” mavzusidagi ilmiy tadqiqotlari muhokama qildi.
Ilmiy seminarning Ilmiy kengashlar zalidagi va onlayn ishtirok etayotgan a’zolari ilmiy tadqiqotlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar va himoya uchun tavsiya etdilar.
N.R.Uzbekova,
“Profilaktik tibbiyot” tibbiyot fanlari bo‘yicha ilmiy seminar kotibi