Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QAHRAMONLARNING HAYOTI YOSHLARGA IBRAT…

22:20 06.04.2022

Oʻzbek xalqida azal-azaldan keksalarga hurmat-eʼtiborda boʻlish, ularni asrab-avaylab, maslahatlariga, nasihatlariga quloq tutish insoniylik xususiyatlaridan biridir. Andijon shahrida «Inson qadri ulugʻlangan yurtning ertasi ham ulugʻdir!» shiori ostida tadbir tashkil etildi. Ulugʻ ayyom kunlarida yozilgan iftorlik dasturxoni atrofida «Oʻzbekiston Qahramon»lari, nuroniylar hamda ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy jabhalarda yosh avlod vakillariga oʻrnak boʻlayotgan keksa avlod vakillari hamda yoshlar jam boʻldilar.

Tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yigʻilganlarni qutlab, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, birinchi oʻzbek Qahramoni Qoʻchqor Turdiyev, mamlakatimiz obodligi, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish borasidagi faoliyatlari, ezgu ishlari bilan koʻpchilikka ibrat va namuna boʻlayotgan «Oʻzbekiston Qahramon»lari Qobiljon Obidov, Kamoliddin Gʻopirov va hozirda oramizda boʻlmasada faoliyatlari ibrat boʻlayotgan Siyosatxon Abdullayeva, hamda Tavakkal Topvoldiyev kabi jasorat sohiblarining katta xizmatlari haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat koʻrsatish maʼnaviy hayotimizning tom maʼnoda ajralmas qismiga aylanganligini aytib oʻtdi. Bu esa yoshlarning tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, kechada Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Sodiqjon Turdiyev hamda viloyatimiz ravnaqiga uzoq yillar munosib qoʻshib kelgan ibratli hayot sohiblari bunday tadbirlar yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etishi xususida atroflicha soʻz yuritdilar.

Tadbir davomida yuqorida nomlari qayd etilgan Qahramonlarning ibratli hayoti, vatanimiz ravnaqi, uning saodati, yurt kelajagi, shahar va qishloqlarimiz obodligi yoʻlida qoʻshgan munosib hissalarini oʻzida aks ettirgan videofilmlar namoyish etildi. Vatan, uning kelajagini madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar davraga yanada fayz kiritdi. Tadbir ishtirokchilariga viloyat hokimligining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mazkur tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

 

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!