Mehr-muhabbatni namoyon etish uchun tabassum, bir og‘izgina shirin so‘z kifoya. Bemorlarga esa chin ko‘ngildan samimiy yordam…
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Qon topshir — hayot in’om et!” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda siz ham qatnashib, donorlik qoniga ehtiyojmand bo‘lgan bemorlarga umid baxsh eting!
Mazkur aksiyada ishtirok etishni istaganlar Andijon shahri Qo‘shariq dahasi 39-A uyda joylashgan viloyat Qon quyish stansiyasiga, shaxsini tasdiqlovchi xujjat (pasport) bilan murojaat etishlari mumkin. Aksiya joriy yilning 1-aprel kuni 8:00 dan 16:00 gacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 423-sonli buyrug‘iga asosan Donorlikka qabul qilish tartibi quyidagicha:
- 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan;
- Vazni 60 kg.dan yuqori bo‘lgan;
- Avval gepatit burusellyoz bilan og‘rimagan fuqarolar ishtirok etishi mumkin.