Andijon Davlat tibbiyot institutining ilmiy kengashlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining raisi Ahmadbek Yusupov, professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda institut rektori M. Madazimov so‘zga chiqdi va yig‘ilish qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining raisi Ahmadbek Yusupovni tanishtirib o‘tdi. Yig‘ilishda Prezident Xalq Qabulxonasi boshlig‘i, professor Mamazoir Xo‘jamberdiyev ham ishtirok etdi.