Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“REKTOR KUBOGI” DAVOLASH FAKULTETI JAMOASIGA NASIB ETDI

16:45 06.01.2022

2022-yil 5-6-yanvar kunlari Andijon davlat tibbiyot instituti kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda sport turlari boʻyicha fakultetlararo “Rektor kubogi” uchun musobaqalar olib borildi. Unda institutning barcha boʻlim xodimlari, tyutorlar va professor-oʻqituvchilar ishtirok etdilar.

Erkaklar va ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda shaxmat-shashka, voleybol, mini futbol, stol tennisi kabi turlarda jamoalar oʻzaro kuch sinashdi.

Institut rektori boshchiligida va ishtirokida oʻtkazilgan bellashuvda barcha birdek jamoasi gʻolibligi uchun kurashdi. Ham sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ham ishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkillangan bu loyiha sport ixlosmandlari uchun ayni muddao boʻldi.

Musobaqalar soʻnggida gʻolib jamoalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. “Rektor kubogi” esa Davolash fakulteti xodimlariga nasib etdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!