Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SALOMATLIK UCHUN 5000 QADAM

22:09 17.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrug‘iga asosan Andijon davlat tibiyot instituti professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va talaba-yoshlari ishtirokida “Salomatlik uchun 5000 qadam” yurish marafoni tashkil etildi.

Talabalar turar joyidan start olgan yurish marafoni shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgan ko‘ngillilarga yaxshi kayfiyat bag‘ishladi. Loyiha doirasida ishtirokchilar sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishni maqsad qilib oldilar.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!