Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHAHRIXON TUMANIDA TIBBIY KOʻRIK OʻTKAZILDI

15:41 21.09.2022

Shahrixon tumani Doʻlan MFYda Andijon davlat  tibbiyot institutining malakali mutaxasislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik  oʻtkazildi. Tibbiy koʻrikka 35 nafardan ziyod tor soha mutaxasislari jalb qilinib, xududdagi 3-va 4-guruhga mansub bemorlarning tibbiy nazorati olib borildi.

Oʻtkazilgan koʻriklar davomida mutaxasislar tomonidan uyda yotgan bemorlar xonadonlariga borildi. Tegishli tekshiruvlardan soʻng bemorlarga tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova tomonidan oilaviy shifokorlarga “Prediabet va qandli diabetni tashxislash, skrining qoidalari, davolash prinsplari” mavzusida oʻquv seminari tashkil etilib, unda  endokrinologik kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash  va boshqarish dasturlarini  amaliyotga joriy qilish boʻyicha tushunchalar berildi.

Tibbiy koʻrik  davomida aniqlangan bemorlarning 11 nafariga viloyat tibbiyot muassasalarida, 26 nafariga tuman markaziy shifoxonasida, 178 nafariga ambulator sharoitlarda davolanish uchun tavsiyalar berildi. Ambulator sharoitlarda davolanishi rejalashtirilgan bemorlar tegishli dori-vositalari bilan taʼminlandi. Shuningdek, 40 yoshdan oshgan 201 nafar fuqarolarda endokrinologik kasalliklarni oldini olish boʻyicha skrining tekshiruvi oʻtkazildi.

Tadbir davomida “Yosh volontyorlar” jamoasi ham ishtirok etib, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi va to’g’ri ovqatlanish qoidalariga amal qilish bo’yicha targ’ibot dasturlarini olib bordilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!