Shahrixon tumanidagi aholini sogʻlomlashtirish ishlari bu gal 63-OPda olib borildi. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining 14 turdagi mutaxassisliklardan iborat 22 nafar xodimlari ishtirok etdi. Ular 3-4-guruhlarga kiritilgan 352 nafar aholini salomatligini tekshirdilar. Koʻruvlar davomida 6 nafar bemor uy sharoitida tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, 105 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 5 nafar bemor viloyat davolash muassasalariga yoʻllanmalar orqali yuborildi. 31 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda 136 ta UTT, 98 ta EKG va 122 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazilib, natijalari boʻyicha bemorlarga mutaxassislar maslahati berildi.