alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHHT MAMLAKATLARINING YOSH OLIMLARI YAGONA PLATFORMADA BIRLASHDILAR

11:01 10.02.2023

Joriy yilning, 6–10-fevral kunlari Hindistonning Bangalor shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Yosh olimlarining ikkinchi konklavi bo‘lib o‘tmoqda. ShHTga a’zo davlatlarning fan va texnologiyalar vazirliklari hamda idoralari rahbarlarining beshinchi yig‘ilishida rahbarlar yoshlar tadbirlarini (forumlar, tanlovlar va boshq.) muntazam ravishda o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, Hindistonning o‘z hududida ShHTning yosh olimlari va innovatorlari forumini o‘tkazish taklifiga rozi bo‘ldilar.

O‘zbekiston olimlarining konklavidagi ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Gulbahor Yaxshiboyeva hamda Tibbiy radiologiya, KLD, sanitar gigiyena va epidemiologiya kafedrasi katta  o‘qituvchisi  Zarnigor Madumarovalar ShHT yosh olimlarining ikkinchi Konklavida ishtirok etmoqdalar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!