Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON…

11:09 10.12.2022

Assalomu alaykum, qadrli institutimiz jamoasi, ustozlar va talabalar!

Goʻdak ilk bor Vatan tushunchasini ona allasida anglasa, kishi Davlat madhiyasida yurtga sadoqat va sogʻinch hissini tuyadi. Bugun goʻzal Oʻzbekistonimiz oʻz madhiyasiga ega boʻlgan kun.

Tarixdan maʼlumki, arab, fors va oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalariga koʻra, har bir yirik epik asarning bosh qismida maxsus maqtovlar berilgan. Odatda, bu maqtovlar asar yozilgan paytdagi xukmdor va boshqalarga bagʻishlangan. Shuningdek, shoirlar oʻzlaridan avval oʻtgan buyuk shaxslarga maqtovlar bagʻishlashi ham odat boʻlgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasining Yuqori Kengashinig 11-chaqirigʻida qabul qilingan. Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.

Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi, Oʻzbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov musiqasi bilan bastalangan moʻjaz qoʻshiq har birimizning dilimizga oʻzgacha mehr bilan muxrlangan. Soʻzlarining ohangdorligi, serquyosh osmonimizdan tortib oltin vodiylarimizgacha, oʻzbeklarimizning tanti va bagʻrikengligidan tortib, yosh avlodlarimizning porloq istiqboligacha tarannum etilgan.

Aziz talaba-yoshlar! Sizlar oʻqish va ishdagi muvaffaqiyatlaringiz, yuqori marralaringiz bilan xalqaro miqyosda bayrogʻimizni baland koʻtarib, gʻurur bilan madhiyamizni ovoza eting. Chunki Siz Yangi Oʻzbekistonning ishonchi va tayanchisiz, biz esa sizga ishonamiz!

Yana bir bor barchangizni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizlarga uzoq umr, baxt-saodat yor boʻlsin!

Skip to content Click to listen highlighted text!