Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SIFATLI TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LIDA

16:29 06.02.2021

Institutning ilmiy kengashlar zalida institut kafedralarining ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishi bo‘yicha mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abdurahmon Abduhalimov ochib berdi.

Tadbirda institut rektori ham ishtirok etib, talabalarning darslardagi faolliklari va ichki-tartib qoidalar to‘g‘risida fikr bildirib, talabalar, ayniqsa qizlar o‘rtasida kiyinish  va sog‘lomlashtirish madaniyati to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, talabalar turar joylari hamda aholi turar joylarida ijarada  istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitidan tez-tez  xabar olish kerakligi to‘g‘risida  topshiriqlar berildi.

Tashkillanayotgan tadbirlarning sifat darajasini oshirish, turli soha vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, talabalar ishtirokida muzeylarga tashriflarni uyushtirish haqida kerakli tavsiyalar berildi.
Institut xodimlarini atestatsiya va akreditatsiyadan o‘tkazish, kafedralarni reyddan o‘tkazish to‘g‘risida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!