alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SIZ UCHUN KECH EMAS, HAMMASI ENDI BOSHLANMOQDA”,- DEYA INSTITUT REKTORI TALABALARGA MOTIVATSIYA BERDI

15:02 16.03.2022

“Rektor va talaba-yoshlar” uchrashuvi bu gal Davolash fakultetining 1-bosqich, Pediatriya fakultetining 2-bosqich talabalari bilan o‘tkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, fakultet dekanlari va uning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvning bosh maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilab bergan bir qator vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘ldi. Dastlabki bosqich talabalari bilan yaqindan tanishish, ularning maqsad va intilishlarini o‘rganish maqsadida tashkillangan uchrashuvda yoshlarga Davlatimiz rahbari tomonidan talabalarning istak va xohishlaridan kelib chiqqan holda ishlashlariga imkoniyat yaratilayotgani, amaliyot va ishlash jarayonlarida tibbiyot sohasini yanada mukammalroq o‘zlashtirishlari, pullik til va fan kurslarini tashkil etishlariga shart-sharoit yaratilayotgani, ijara, soliq to‘lovlaridan ozod etilishi, instiitutning o‘zida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga iqtidorli va salohiyatli talabalarni jalb etilayotgani borasida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, suhbat davomida institut rektori talabalar orasida 2022-yilning o‘zidayoq Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, nomdori stipendiyantlar, “Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarining soni yanada ortganini faxr bilan ta’kidlab o‘tdi.

  • Barcha yoshning qalbida iqtidor bor, faqat uni yuzaga chiqarish uchun intilish va harakat darkor. Sizlarning ham safingizda Davlat mukofoti sohiblari, nomdor stipendiya egalari, stratap loyihalari tashabbuskorlari bor bo‘lishini istayman. Siz uchun kech emas, hammasi endi boshlanmoqda. Bu borada qanday yordam va qanday rag‘bat kerak bo‘lsa, tayyorman,- dedi institut rektori.

Bu suhbatdan ruhlangan talabalar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Ishlash istagini bildirgan talabalar so‘rovnomada ishtirok etayotganliklari, mana shunday uchrashuvlar ko‘proq tashkil etilishini bildirdilar.

Talabalar bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!