alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

STOMATOLOGIYA FAKULTETI TALABALARIGA “SHARAF KODEKSI” TANISHTIRILDI

22:30 11.04.2023

Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  Stomatologiya   fakultetining talabalari ishtirokida  “Professor-o‘qituvchilar va  talabalar  o‘rtasida sharaf   kodeksi” mavzusi  bo‘yicha  davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Rektor  maslahatchisi  X.Zokirov, Yoshlar  masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy  ishlar  bo‘yicha  birinchi  prorektor S.Salohiddinov, institut  Profilaktika inspektori J.Xo‘jayev, Yoshlar masalalari maʼnaviy-maʼrifiy  ishlar  bo‘yicha  dekan o‘rinbosari X.Mahmudov, tyutorlar  va  talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar “Sharaf   kodeksi”,  kiyinish  madaniyati, odob-axloq hamda institut ichki tartib qoidalariga rioya qilish masalalari haqida so‘z yuritdilar.  Sog‘liqni  saqlash  vazirligining  88-sonli  Qaroriga  binoan  Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan  2022-yilda  chiqarilgan 160-buyrug‘i  bo‘yicha  maʼlumotlar berildi.

Shuningdek,  jinoyatchilikni  oldini  olish to‘g‘risida, ijtimoiy  tarmoqlardagi turli noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqatuvchi kanallarga kirib,  ularning  taʼsiriga  tushib qolish holatlaridan  saqlanish haqida aytib o‘tdilar.

Yig‘ilish  so‘nggida darslarni  qoldirmaslik, fanlarni o‘z vaqtida o‘zlashtirish va o‘z ustida doimiy ishlab borish talabalarning o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga olib borishi haqida maslahatlar berildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!