Andijonda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasidagi Street Workout A, B, C liga musobaqalarining respublika final bosqichi ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtiomoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari N.Mo’minov musobaqani kirish so’zi bilan ochib berdi.
Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi va musobaqalar boshlandi. Unda Respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog’iston Respublikasidan kelgan sportchilar ishtirok etmoqda.