Andijon davlat tibbiyot institutida Turkiya xalqaro vestibulyar assotsatsiyasi prezidenti, professor Nuri Ozgirgin ishtirokida «Surunkali bosh miya ishemiyasi, vertebrobazilyar sindrom» mavzusida masofaviy onlayn ma’ruza bo’lib o’tdi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti Nevrologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari, magistrlar, klinik ordinatorlar, talabalar va Farg’ona, Andijon, Namangan viloyati vrach-nevrologlari ishtirok etdi.
Ma’ruza davomida mazkur mavzularda jahon tajribasi, Turkiya tibbiyotida davolash usullari, erishilgan natijalar borasida ham fikrlar almashildi.