Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TAʼLIM KREDITINI OLISH BOʻYICHA SUHBAT OʻTKAZILDI

10:21 22.09.2022

Toʻlov-shartnoma asosida oʻqiydigan talabalarni bir savol qiynaydi. Taʼlim kreditini olish jarayonlari qanday amalga oshiriladi?

Mazkur savolga javob berish maqsadida Xalq banki filial tarmoqlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Ahroriddin Toʻychiyev hamda boʻlim mutaxassisi Rahmatillo Boltaboyev Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari bilan suhbat oʻtkazdilar.

Uchrashuv davomida talabalarga taʼlim krediti olish bosqichlari, kerakli xujjatlar, kredit foizlari, qaysi taʼlim shakllariga berilishi, taʼlim krediti kimlarga imtiyozli ravishda berilishi haqida maʼlumotlar berildi. Talabalar mavzu borasidagi savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!