alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR AMALIYOTINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

17:06 07.06.2023

Andijon davlat tibbiyot institutining 2022-2023-o‘quv yili rejasi bo‘yicha bakalavriat bosqichi Davolash (kasb taʼlimi), Pediatriya, Stomatologiya, Farmatsiya fakultetlari, Tibbiy profilaktika, Xalq tabobati, Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlari talabalarining malaka amaliyotini tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda amaliyot obyektlariga rahbar etib biriktirilgan  professor-o‘qituvchilar, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida Davolash (amaliyot) ishlari bo‘yicha masʼuli B.Mirzakarimov qatnashchilarga amaliyotni tashkil etish va olib borish bo‘yicha amaliyot rahbarlariga tushunchalarni berib o‘tdi.

Shuningdek, Davolash fakulteti dekan o‘rinbosari J.Ahmadaliyev amaliyot rahbarlariga talabalar nazorati va dekanatlar hamda kurslar bo‘yicha masʼul tyutorlar bilan ishni qanday tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni aytib o‘tdi. Yig‘ilish qatnashchilarining barcha savollariga javob va maslahatlar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!