Joriy yilning 13-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida kechki konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S. Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.
Konsert dasturida institutning iqtidorli talabalar o‘zlarining raqslari, quvnoq chiqishlari yig‘ilgan yoshlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.
Tadbirning milliy liboslar namoyishi qismida talaba-qizlar betakror milliy liboslarni namoyish qildilar.
Institutning “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari tomonidan qiziqarli chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.