alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR TURAR JOYIDA YASHASH ISTAGINI BILDIRGAN VA YO‘LLANMA OLGAN TALABALAR DIQQATIGA!

14:53 02.09.2023

Bugun, ko‘p talabalarga talabalar turar joyi uchun yo‘llanma berildi. Shu munosabat bilan uzoq hududdan keluvchi talabalarning 3-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosida joylashgan Ma’naviyat xonasiga kelishi so‘raladi.

 

Ular o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari zarur:

 

🔘4 ta rasm (3/4);

🔘pasport nusxasi;

🔘Hujjatlar yig‘ma jildi (delo);

🔘yo‘llanma ( my.gov.uz) saytidan olingan;

🔘shartnoma (u ham my.gov.uz saytidan olingan).

 

Shartnomada belgilangan to‘lov (bir yillik).  Shu hujjatlar bilan kelgan talabalarga Talabalar turar joyi uchun ruxsatnoma beriladi va xona ajratiladi.

 

Murojaat uchun mas’ullarning telefon raqamlari:

Durbek Matmusayev – 930682747

Yulduzxon Valiyeva – 999059092

 

Shuningdek, ertaga “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” ham murojaatlarni qabul qiladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!