TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHI QIZLAR BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHI QIZLAR BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

10:44 16.09.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talabalar turar joyidagi talaba-qizlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, kengash raisi G.Xolmatova, fakultet boʻyicha xotin-qizlar yoʻnalishi mas’ullari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda qizlarga odob-axloq, kiyinish va muomala madaniyati hamda  gigiyena qoidalariga rioya qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, institutimizda talaba-qizlari uchun yaratilgan sharoitlar, toʻgaraklar faoliyati haqida maʼlumot berildi. Qizlar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklarga aʼzo boʻldilar.

Uchrashuvdan soʻng, turli salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan amaliy seminar-trening oʻtkazildi.   Unda institutning ichki tartiblariga oid turli masalalar boʻyicha soʻzlandi hamda qizlarimizga  maʼnaviy tarbiyaga bogʻliq alohida tushanchalar berildi. Seminar davomida talaba-qizlarga ayol kishini imidjini yaratish boʻyicha rasmlar chizdirilib, qobiliyatli qizlar saralandi. Shuningdek, talaba qizlar orasidan iste’dod va iqtidorlariga qarab  turli yoʻnalishlar boʻyicha “Lider qizlar” jamoasi shakllantirildi.

Skip to content