Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALARNI TURAR JOY BILAN TAʼMINLASH BIRINCHI GALDAGI VAZIFAMIZ

15:06 20.09.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shinam yotoqxonalar, sport va hunar toʻgaraklari, oshxona, “Besh tashabbus” xonalari, kutubxonalar doimo faoliyat olib bormoqda. Talabalarni turar joy bilan taʼminlashdagi meʼzonlar asosida barcha talabalar, xususan, 1-bosqich talabalari, uzoq viloyatlardan kelib oʻqiyotgan qizlar birinchi galda yotoqxona bilan taʼminlanmoqda.

Shuningdek, ijarada yashash istagini bildirgan talabalarga ham alohida eʼtibor qaratilib, institut atrofidagi xonadonlarga joylashtirilmoqda. Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-sonli Qaroriga muvofiq xonadon egasi bilan shartnoma tuzilib, shartnomaning 50%i institut tomonidan qoplab berilmoqda.

Turar joy masalasi boʻyicha murojaat etayotgan talabalarning xujjatlari ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqilib, barchasi bosqichma-bosqich ijobiy hal qilinmoqda. Hozirda bu masala boʻyicha eʼtirozlar boʻlmayapti.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!