alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALARNI TURAR JOY BILAN TA’MINLASH BO‘YICHA KOMISSIYA HAY’ATINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

15:06 12.04.2023

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli qarori bilan 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari) ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetidan to‘lab berilmoqda.

Xususan, Andijon davlat tibbiyot institutida ham bu borada jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Institutning 867 nafar talabalariga ham oylik ijara to‘lovining 50 foizi to‘lab berilmoqda. Joriy yilning 12-aprel kuni talabalarning  yashash sharoiti va yana boshqa talabalarni ijara xonadonlariga jalb qilish masalalari yuzasidan komissiya hay’ati yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdilar. Yig‘ilishda dastlab, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i D.Matmusayev shu kungacha bo‘limda amalga oshirilgan ishlar hisobotini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan aytilgan talabalarning ijara xonadonlaridagi sharoitlar o‘rganilgandagi aniqlangan kamchiliklar va bartaraf etish yuzasidan vazifalar hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!