Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TARG‘IBOT DASTURI ASAKA TUMANIDA DAVOM ETDI

10:45 08.02.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining “Yosh volontyorlar” jamoasi aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi tadbirlari viloyatimizning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda. Bu galgi manzilimiz Asaka tumanidagi “Amir Temur” MFY bo‘ldi. MFYda joylashgan xonadonlarda bo‘lgan talabalar aholi bilan yaqindan muloqot o‘tkazdilar.

Avvallari koronavirusga qarshi kurashish chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot bergan jamoa a’zolari bu safar aholining fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdilar. So‘ng yoshlar fuqarolarimizga sog‘lom hayot tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, uy sharoitida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish usullari, koronavirusga qarshi kurashish, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish borasida ma’lumotlar berdilar.

Shuningdek, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan mazkur mahalla fuqarolar yig‘inida chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rik ham tashkil etildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!