Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TARG‘IBOT TIBBIY-KO‘RIK BILAN BOYITILDI

15:50 19.02.2022

“Yosh volontyorlar”ning targ‘ibot dasturi yanada kengaymoqda. Paxtaobod tumani Uyg‘ur qishlog‘i “Shohrux” MFYdagi Maftunkor ko‘chasida olib borilgan dastur har galgidan ko‘ra o‘zgacha shukuhda o‘tkazildi. Bo‘lajak shifokorlarning mahorat darsidan bahramand bo‘lishga oshiqqan mahalla aholisi tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida jam bo‘ldilar.

Bemorga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish usullari amaliyot jarayonlari bilan ko‘rsatib berildi. O‘zida shamollash alomatlarini va boshqa yo‘nalishdagi kasalliklarni sezgan fuqarolar tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga tavsiyalar berildi.

Talabalarning xonadonlarda bo‘lgan targ‘ibot dasturlarida aholiga karantin qoidalariga amal qilish, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish, to‘g‘ri ovqatlanish kabi kabi ma’lumotlar ham berildi. Koronavirusning ”Omicron” shtammiga oid ma’lumotlar keltirilgan tarqatma materiallar ham ulashildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!