Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TAYANCH DOKTORANTURA BO‘YICHA KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

11:53 10.11.2021

TAYANCh DOKTORANTURA BO‘YICHA KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Andijon davlat tibbiyot institutida tayanch doktorantura (PhD) bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 12 nafar talabgor va 7 nafar mustaqil izlanuvchilar 8 ta mutaxassislik bo‘yicha sinovdan o‘tdilar.

Imtihon savollari papkasi barchaning ko‘z o‘ngida ochildi va jarayonlarni institut rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov hamda kafedra mudirlari nazorat qilib bordilar. Shuningdek, imtihonlar . Youtube va Facebook  ijtimoiy tarmoqlarining http://facebook.com/0URIe7iulGc, https://www.youtube.com/0URIe7iulGc havolalari orqali online translyatsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, tayanch doktorantura (PhD) bo‘yicha chet tili fanlaridan kirish imtihonlari 2021-yil 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Skip to content Click to listen highlighted text!