Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan navbvtdagi tibbiy koʻrik Shahrixon tuman KTMP da oʻtkazildi. Ushbu tadbirda institutning 14 turdagi mutaxassisliklardan iborat 23 nafar xodimlar ishtirok etib, 3-4-guruhga kiritilgan 430 nafar aholining salomatligi tekshirildi. Koʻruvlar davomida 122 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 6 nafar bemor viloyat davolash muassalariga yoʻllanma orqali yuborildi. 52 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda 121 ta UTT, 130 ta EKG va 128 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazildi.