Bugun Ilmiy Kengashlar zalida 1-UАShT kafedrasi hamda Xarkov milliy tibbiyot universiteti hamkorlik shartnomasi asosida » Tibbiyotning savollari» mavzusida xalqaro talabalar ilmiy-amaliy onlayn anjumani boʼlib oʼtdi.
Аnjumanda Xarkov milliy tibbiyot universiteti (Ukraina), Kursk Davlat tibbiyot universiteti (Rossiya), N.I.Pirogov nomli Rossiya milliy izlanish tibbiyot universiteti, Аndijon Davlat tibbiyot instituti, Fargʼona tibbiyot institutlari ishtirok etdi.
Unda talabalar tomonidan ilmiy izlanishlarga asoslangan takdimotlar namoyish etildi .