alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TOSHKENT XALQARO INVESTITSIYA FORUMI: LOYIHALAR, TAQDIMOT VA HAMKORLIKLAR

11:41 28.04.2023

Joriy yilning 27-28-aprel kunlari ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni forumining yalpi majlisida ishtirok etdi.

 

 

Unda davlatimiz rahbari forum ishtirokchilarini qutlagan holda: “ – O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan birinchi Xalqaro investitsiya forumida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, ko‘plab kelishuvlarga erishildi.

Bir yil ichida mamlakatimiz iqtisodiyotini yana-da erkinlashtirish, biznesga keng yo‘l ochish, bu borada qonun ustuvorligi va huquqiy kafolatlarni mustahkamlash bo‘yicha tizimli islohotlarni jadal davom ettirdik. Jumladan, mintaqamizdagi eng qulay fiskal tizimni yaratish bo‘yicha katta o‘zgarishlarga erishdik. Xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizga tushirildi. Xabaringiz bor, ilgari ushbu soliq stavkasi 20 foiz edi. Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ini eksportchi korxonalarga 7 kun ichida qaytarish joriy qilingani, soliq va bojxonada o‘zaro hisobga olish yo‘lga qo‘yilgani tadbirkorlarga juda maʼqul bo‘lyapti. Shu paytgacha investorlar 2 ta alohida tizim orasida sarson edi.

Bundan tashqari, xorijiy investorlarning o‘z aksiyalaridan oladigan dividendlari uch yil muddatga soliqdan ozod qilindi, ular uchun foyda solig‘i 20 foizdan 12 foizga tushirildi.

Muhimi – soliq va bojxona qonunlariga yangi yoki og‘irlashtiruvchi javobgarlik choralari kiritilmasligi qatʼiy belgilab qo‘yildi” – deya, aytib o‘tdi.

Bugun, 28-aprel kuni forumning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Unda  Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov ham ishtirok etmoqda. Forum doirasida xorijlik sheriklarga O‘zbekiston hududlarining investitsiya salohiyati va 160 dan ortiq yirik loyihalar taqdimot qilinib, Investitsiya va savdo bitimlarini imzolash marosimlari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot va rasmlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati rasmiy Telegram kanalidan olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!